O‘zLiDeP faoli yaratgan bioo‘g‘it va bioagro preparatlar “Zang” kasalligiga qo‘l kelmoqda

11.09.2018, 18:18

O‘zLiDeP faoli yaratgan bioo‘g‘it va bioagro preparatlar “Zang” kasalligiga qo‘l kelmoqda

Mehrojiddin Muxtorov “Agro bio smes servis” MChJ rahbari. Hozirda u dunyo miqyosida meva va sabzavotlarni yetishtirishda, zararkunandalarga qarshi kurashishda kimyoviy preparatlardan foydalanilayotganligidan tashvishda. Chunki kimyoviy usullarda parvarishlangan mahsulotlar inson salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shu bois u ko‘p yillardan buyon biologik o‘g‘it va preparatlarni kashf qilish ustida izlanadi.   

–Kimyoviy o‘g‘itlarning o‘simliklarga bir tomonlama foydasi bo‘lsa, ikkinchi tomonlama zarari bor. U zararkunandalar bilan kurashishda foyda berishi mumkin, qolaversa, ma’lum miqdori o‘sayotgan meva-sabzavotning tarkibiga singishi ham ehtimoldan holi emas, – deydi tadbirkor. – Biz ixtiro qilgan “Agrosmes-SM” o‘g‘iti dehqonchilik, bog‘dorchilik ekinlarini o‘stirishda insoniyat uchun ekologik toza zararsiz mahsulot yetishtirishda qo‘llaniladi. “BIO-AGROSMYeS-SM” o‘g‘iti yerlarga ishlov berishda, “ISO” (ohak, oltingugurt qaynatmasi) preparati esa, zararkunandalarga qarshi kurashishda qo‘l keladi. Biz preparatlarimizni o‘simliklarda uchraydigan “Urgamchakkana” va “Zang” kasalliklariga qarshi qo‘llaganimizda ijobiy natijalar bermoqda.

 Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi bosh agronomi Adham Xoliqovning ta’kidlashicha, yaqinda u yaratgan “ISO” (ohaq, oltigugurt qaynatmasi) preparati daraxtlarga ishlov berilganda yaxshi samara bergan.

–Samarqand sayyohlar shahri. Shu bois biz uni ko‘kalamzorlashtirishda, manzarali daraxtlar ekish, gulu gulzorga aylantirishda landshaft dizaynerlar bilan birgalikda ish olib boryapmiz, – deydi A.Xoliqov. – Bu yil yozning issiqligi tufaylimi, ko‘pgina manzarali daraxtlar va gullarga kasal tegdi. Shaharning ayrim hududlaridagi maysazorlar sarg‘ayib qoldi. Ularga “Agro BIO SMYeS SYeRVIS” MChJ korxonasi bioo‘g‘itlari bilan ishlov berilganda ijobiy samaralar berdi. Shu sababli korxona bilan shartnoma imzolab, kuz va bahor oylarida shahardagi barcha manzarali daraxtlar va maysazorlarni  zararkunanda va kasalliklarga qarshi ishlov berishga kelishib oldik.

Ta’kidlash kerak, shu kunlarda M.Muxtorov o‘g‘li Sirojiddin bilan birga biogaz uskunasini yasash, ta’mirlash va uning yordamida chiqindilarni qayta ishlash yo‘li bilan metangaz ishlab chiqarish  bo‘yicha loyihalarni hayotga tatbiq qilish arafasida.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

 Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1800
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+