Samarqandlik tadbirkor ipakdan to‘qilgan gilamlarni sotish tartibini soddalashtirishni taklif qildi

11.09.2018, 18:23

Samarqandlik tadbirkor ipakdan to‘qilgan gilamlarni sotish tartibini soddalashtirishni taklif qildi

Samarqandlik hunarmandlar tomonidan yaratilgan zardo‘zlik, kashtachilik, to‘qimachilik asarlari azal-azaldan dunyoga mashhur bo‘lgan. Bugun Samarqandda hunarmanchilikning barcha yo‘nalishlari orasida  qadimiy gilamdo‘zlik ham e’tibordan chetda qolgani yo‘q. Mohir tadbirkorlar tashabbusi bilan “Samarqand-Buxoro ipak gilamlari” korxonasida ipakdan gilam to‘qish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu mahsulotlarga xorijlik mehmonlarda talab yuqori.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi faollari tomonidan mazkur korxona xodimlari bilan muloqot o‘tkazildi. Muloqot chog‘ida korxona xodimlaridan qator takliflar kelib tushdi.

– Bizning asosiy xaridorlarimiz xorijliklar, – deydi korxona rahbari  Furqat Niyozov. – Ular mahsulotlarimizni sotib olgandan so‘ng, rasmiylashtirishda bir qancha murakkabliklarga duch kelishadi. Bu borada amaldagi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritib, ushbu mahsulotlarni sotish tartiblari soddalashtirilsa, xorijliklar uchun ham, korxona uchun ham qulayliklar tug‘dirar edi.

Uchrashuvda partiya faollari tomonidan “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturlarining mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi. Tadbir davomida korxonaning 10 dan ortiq ishchi- xodimlari partiya safiga kirish istagini bildirishdi.

Baxtigul Qarshiyeva,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1356
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмат Тўраев Жиззах вилояти2018-09-12 09:20:42

Шу каби таклифларнинг имкон қадар инобатга олиниши тадбиркорларга енгиллик ва ямкониятлар яратади.


Fikringizni qoldiring

+