O‘zLiDeP ishchi guruh tashabbusi bilan Qo‘shchinor mahallasida yangi transformator o‘rnatildi

11.09.2018, 18:27

O‘zLiDeP  ishchi guruh tashabbusi bilan Qo‘shchinor mahallasida yangi transformator o‘rnatildi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, Surxondaryo viloyat va Boysun tuman Kengashi mas’ul xodimlari tumandagi “Chilonzor” va “Qo‘shchinor” MFY aholisi bilan yuzma-yuz muloqotlari chog‘ida yechimini kutayotgan qator muammolarga duch keldilar. Xonadonlarga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish, tomorqalarni oqava suv bilan ta’minlash, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratish, ishsizlik hamda elektr energiyasi ta’minotidagi kamchiliklar shular jumlasidandir. 

“Obod qishloq” Dasturiga kiritilgan  mahallalarda muayyan ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, e’tibordan chetda qolib ketayotgan ayrim masalalar ham yo‘q emas. Xususan, “Chilonzor” MFYda yashovchi yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun birorta ham sport zali yoki sport maydonchalari yo‘qligi sababli mahalla ahli 41-sonli o‘rta maktabning sport zalidan foydalanish uchun amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qildi. Ishchi guruh vakillari aralashuvi bilan mazkur murojaat ijobiy hal etildi.

Tumandagi “Qo‘shchinor” mahallasida “Obod qishloq” Dasturi  bo‘yicha  ishlar bir qadar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, lekin bir yarim kilometr uzunlikdagi  piyodalar yo‘lakchasi hozirga qadar ta’mirlanmasdan qolgan. Shu bois aholi avtotransport vositalari qatnovchi yo‘lidan yurishga majbur bo‘lmoqda. Bu esa aholining hayoti uchun  xavf tug‘dirishi tabiiy. Partiya faollari tomonidan ushbu muammo o‘rganib chiqildi. Boysun tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi bilan hamkorlikda mazkur masala ham hal etildi.

– Mahallamiz aholisi kundan-kunga ortib bormoqda, – deydi mahalla raisi A. Xudoyberganov. – Bugungi kunda fuqarolarimiz soni 7774  nafarga yetdi. Aholini elektr energiya bilan muntazam ta’minlash uchun esa 15 yil oldin o‘rnatilgan elektr transformatoridan foydalanilmoqda. Aholining o‘sishi hamda transformatorning eskirgani sababli xonadonlarni elektr quvvati bilan ta’minlash imkoni bo‘lmayapti.  

Ushbu muammo ishchi guruhning tuman elektr tarmoqlari korxonasi  rahbariyati  bilan  olib borgan muloqoti natijasida  o‘z yechimini  topdi va  eskirgan transformator yangisiga almashtirildi.

  Tursunali ABDULLAYEV,

  O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1193
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Б.Юлдашев Навоий вилояти2018-09-12 10:08:37

Партиямиз фаолларидан тузилган ишчи гурухи иш фаолиятига фуқароларимизнинг ишончи ортиб бормоқда. ЎзЛиДеПдан тузилган ишчи гуруҳ ишларида омад тилаймиз!.


Холмат Тўраев Жиззах вилояти2018-09-12 09:17:25

ЎзЛиДеП кўмагида аҳолига қулайлик яратилаётганлиги фуқароларнинг партияга бўлган ишончини янада оширади


Рахманова Гульнара УзЛиДеП депутатлар гурухи ижрочи котиб 2018-09-12 08:34:38

Партиямиз фаолларидан тузилган ишчи гурух тамонидан жойлардаги бир канча актуал масалар уз ечимини топмокда. Бу албатта халкимизнинг партиямизга ишончини оширади. Бу ишлар йил давомида харкатта булишига ишонамиз.


Fikringizni qoldiring

+