O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” 6 nafar xotin-qizga bepul davolanish uchun yo‘llanma berdi

12.09.2018, 14:36

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” 6 nafar xotin-qizga bepul davolanish uchun yo‘llanma berdi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” faollari Zarbdor tumanidagi “Yangiobod” MFY va “Adirobod” QFYda yashovchi  aholi  bilan uchrashdi.

Muloqot davomida hudud ahlining patronaj xamshiralarini ishi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani to‘g‘risidagi shikoyati o‘rganib chiqilib, hududda tuman tibbiyot birlashmasining 30 nafarga yaqin malakali shifokorlari ishtirokida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Ko‘rik davomida 247 nafar aholi, ayniqsa, xotin-qizlar malakali va samarali tekshiruvlardan o‘tkazildi. UZI, EKG tibbiy uskunalari yordamida aniq tashxislar qo‘yilib, kerakli maslahatlar berildi.

– Oilamizda nafaqat men, balki turmush o‘rtog‘im va o‘g‘limiz ham nogiron. Shu bois, tuman markaziga borib tibbiy ko‘rikdan o‘tishga imkoniyatimiz yo‘q edi, – deydi “Adirobod”  QFY, Zamondosh ko‘chasida yashovchi Lidiya Soliyeva. – Partiya “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan o‘tkazilgan bepul tibbiy ko‘rik, bizga o‘xshagan oilalarga juda qo‘l keldi. Ular nafaqat bizni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi balki turmush o‘rtog‘imga nogironlik aravachasi olib berishda amaliy yordam ko‘rsatdi. Quvonarlisi, shu yilning oxiriga qadar, bizga tumandagi namunali uylardan birining kaliti beriladigan bo‘ldi.

–Turmush o‘rtog‘imning ishsizligi va uyimiz yo‘qligi tufayli juda og‘ir sharoitda yashab kelmoqdamiz, – deydi shu mahalla yashovchi Nodira Xamidova. –Tibbiy ko‘rikda o‘ta og‘ir darajadagi kamqonlik kasalligim borligi aniqlangandan keyin, partiya ko‘magida viloyat ko‘p tarmoqli kasalxonasiga yo‘llanma orqali o‘zim hamda ikki nafar farzandim bilan davolanish uchun yotqizildik. Oilam va farzandlarimga moddiy yordam ko‘rsatildi. Buning uchun O‘zLiDePdan minnatdormiz.

Tibbiy ko‘rik yakunida boquvchisini yo‘qotgan 2 nafar ayolga viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasiga, 4 nafar xotin-qizga esa viloyat kardiologiya bo‘limiga yo‘llanma berildi. 

Saida UMARALIYEVA,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1173
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Исаева Умида 2018-09-12 16:51:53

Жойларда аҳоли билан учрашувлар ўтказилмоқда ва аҳолига айниқса бу каби бепул тиббий кўрик ҳамад даволаш учун йўлланмалар берилиши бу жуда катта натижадир. Ишларга омад тилайман.


Fikringizni qoldiring

+