Xorazmlik tadbirkorlar muammosi deputat nazoratiga olindi

12.09.2018, 17:24

Xorazmlik tadbirkorlar muammosi  deputat nazoratiga olindi

O‘zLiDeP faollaridan tuzilgan ishchi guruh Urganch shahridagi “Xorezm anticor invest” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida partiya faollari chigitdan bitum olish texnologiyasini kashf etgan partiya faoli Maqsud Jumaniyazov va korxona ishchi-xodimlari bilan muloqot qildi.

Ta’kidlash kerak, M.Jumaniyazov chigitdan yog‘ olishda chiqadigan eng so‘nggi chiqindi – paxta gudroni (Gossipal smolasi)dan unumli foydalanish usulini o‘ylab topgan ixtirochi, yirik tadbirkorlardan biri sanaladi.

M.Jumaniyazovning aytishicha, mazkur texnologiya mamlakatimiz valyuta zaxirasini tejashning ham muhim kafolati. Chunki shu paytgacha yiliga 300 ming tonna bitum chetdan import qilinardi. Endi esa bunga hojat qolmaydi.

Tadbirkor ishchi guruhga bugungi kunda bitum ishlab chiqarish uchun homashyo olishda muammo borligini, bu ishni birja savdolari orqali amalga oshirayotganini bildirdi.

Mazkur muammolar ishchi guruh rahbari Guljon Pirjanovna o‘z nazoratiga oldi va partiya viloyat Kengashi raisi Shavkat Safarbayev bilan birgalikda ushbu masalani ijobiy hal qilinishida ko‘mak berishga kelishib oldilar.

Nigora QO‘ShChANOVA,

Xalq deputatlari

Urganch shahar Kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik

guruhi rahbari

 O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1028
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+