O‘zLiDeP yoshlar uchun mahorat darsi o‘tkazdi

12.09.2018, 17:38

O‘zLiDeP yoshlar uchun mahorat darsi  o‘tkazdi

O‘zLiDeP Oqdaryo tuman Kengashi tumandagi 47-umumta’lim maktabi bitiruvchilari hamda Oqdaryo maktabgacha ta’lim va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazdi.

Tadbirda tumandagi uddaburon fermerlar, yosh tadbirkorlar o‘z tajribalarini yoshlar bilan o‘rtoqlashdi.

Feruddin Suyarov tumandagi yosh tadbirkorlardan biri. U o‘zining kichik korxonasida qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Feruddin tajribalari bilan o‘rtoqlashar ekan, yoshlarni qat’iyatli bo‘lishlikka chaqirdi.

–Inson  tadbirkorlik sohasida maqsadga erishish uchun nafaqat intilish  balki unga  katta ishonch zarur bo‘ladi. Siz birinchi navbatda o‘zingizga ishonsangiz albatta uddalaysiz. Bugun mamlakatimizda tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilgan. Shu bois, yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish kerak, – deydi F.Suyarov.

Bekmorod Rashidovning tadbirkorlikni boshlaganiga 3 yil bo‘ldi. U 15 turdagi shirinliklar va qandolat mahsulotlarini tayyorlab xalqimiz dasturxonini ko‘rkam bo‘lishiga hissa qo‘shmoqda. Bekmurod tadbirda kredit olib faoliyatini kengaytirish rejasi borligini aytdi.

–Tadbirkorlikni boshlashdan oldin har bir kishida qo‘rquv bo‘ladi. “Shu ishni uddalay olarkanmanmi?” degan ichki savol sizga tinchlik bermaydi. Shu savolga “Men uddalayman” deya javob bera olsangiz muvoffaqiyat siz tomonga o‘tadi. “Qo‘rquv insonning dushmani” degan naql bejizga emas, “harakatda barokat”. Men avvaliga qo‘rquv tufayli tadbirkorlikni uy sharoitida boshlaganman. Hozir sex ochib faoliyatimni ancha kengaytirdim, – deydi B.Rashidov.

Tadbirda soha mutaxassislari tomonidan “Yoshlar kelajagimiz” davlat dasturining mazmun-mohiyati, kredit turlari va ularni rasmiylashtirish bo‘yicha  yoshlarga kengroq tushunchalar berildi.

Baxtigul QARShIYEVA, 

O‘zLiDeP  Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 

  • Ko'rildi
    1015
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+