O‘zLiDeP faollari “Guldirsin-Nafosat” korxonasi faoliyati bilan tanishdi

22.11.2017, 20:52

O‘zLiDeP faollari “Guldirsin-Nafosat” korxonasi faoliyati bilan tanishdi

O‘zLiDeP Ellikqal’a tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tumandagi “Guldirsin-Nafosat” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Tadbirda partiya tuman Kengashi xodimlari, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari va xotin-qizlar ishtirok etdi.   

Tadbir ko‘zlangan asosiy maqsad – korxonada mehnat qilayotgan qizlarga O‘zLiDeP maqsad va vazifalarini tushuntirish, ularni partiyaviy loyihalarga kengroq jalb etish hamda xotin-qizlarda tadbirkorlik ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat.

– Korxonaga 2013 yildan buyon rahbarlik qilib kelaman dedi, – Manzura Djumatova. – Aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib tikuvchilik, non sexi va  aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari bo‘yicha ish olib boryapmiz. Joriy yilda “Asaka bank” tuman filialidan 60 mln so‘m kredit olib, yangi tikuv mashinalarini xarid qildik. Maqsadimiz korxonamiz faoliyatini yanada kengaytirish va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishdan iborat.

Tadbir davomida “Guldirsin-Nafosat” mas’uliyati cheklangan jamiyati ishchilarining bir guruhi partiya a’zoligiga qabul qilindi.

Asem SIRIMBETOVA,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi mas’ul xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1424
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+