O‘zLiDeP deputatlari talabalar shaharchasidagi muammolarni o‘rgandi

13.09.2018, 11:17

O‘zLiDeP deputatlari talabalar shaharchasidagi muammolarni o‘rgandi

O‘zLiDeP Toshkent shahar “Yoshlik” talabalar shaharchasi Kengashi Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda “Ziyo”, “Xislat” va “Shifokorlar” MFYlari aholisi bilan uchrashdi.

– Tashrif davomida “Ziyo” MFYdagi ko‘p qavatli uylarda suv quvurlari nosozligi aniqlandi, – deydi Halq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Qo‘ng‘irotboy Sharipov. – Eng yomoni, shu paytgacha ishlatilmagan suv uchun aholidan to‘lovlar undirib kelingan. Muloqot davomida shirkat raislari chaqirtirildi. Suv quvurlaridagi surunkali   o‘chishlarning oldini olish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Quvurlarga oid muammoli holat “Xislat” mahallasida ham kuzatilmoqda. Fuqarolarning murojatiga ko‘ra ko‘p qavtli uylarning tom qismi yopilgan, ammo maxsus suv quvurlari yopilmagani sababli yog‘ingarchilik paytlarida uy devorlaridan suv oqishi aytildi. Bu muammo Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlik guruhi azosi Avazjon Marasimov tomonidan nazoratga olindi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    983
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+