O‘zLiDeP ishchi guruhining faoliyati sarhisob qilindi

13.09.2018, 15:54

O‘zLiDeP ishchi guruhining faoliyati sarhisob qilindi

Xabaringiz bor, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning barcha hududiy Kengashlaridan tarkib topgan ishchi guruh tomonidan Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirib kelinayotgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Dasturlarining joylardagi ijrosini o‘rganish, uyma-uy yurib aholi muammollariga yechim topish maqsadida yuzma-yuz muloqotlar tashkil etilmoqda.

Qariyb bir oy davomida partiya faollarining aholi bilan muloqotlari barcha hududlarda tashkil etilib, aniqlangan muammolar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi jo‘natildi, har bir muammoni ijobiy hal etish borasida sa’y-harakatlar boshlab yuborilgan.

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov hududlarda olib borilgan ushbu o‘rganishlarning natijalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda partiya xodimlarning har biriga ushbu o‘rganilgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, partiya deputatlik guruhlari tomonidan jo‘natilgan deputatlik so‘rovlarning natijalari bo‘yicha kunlik nazoratini olib borish, partiya safida a’zolar sonini keskin oshirish, tadbirkorlar va fermerlar bilan doimiy muloqotda bo‘lish va aniqlangan muammolarini partiyaviy vositalar orqali yechim topish borasida ko‘rsatmalar berdi.

Yig‘ilishda shuningdek, hududlarning imkoniyatidan kelib chiqqan holda tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturlarga aniq takliflar olish, tadbirkorlarning investitsiyalar bilan bog‘liq muammolarini aniqlab tegishli tashkilotlar, vazirliklarga deputatlik so‘rovlari jo‘natish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Muhokama qilingan barcha masalalar bo‘yicha yig‘ilish qarori qabul qilindi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1242
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Кадиров Жасурбек-O`zLiDeP Олмазор туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-09-13 16:48:51

O‘zLiDeP Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитаси ва партиянинг барча ҳудудий Кенгашларидан таркиб топган ишчи гуруҳ томонидан амалга оширилган ишлар, жумладан, аҳоли билан юзма юз учрашувлар ташкил этилиб, аҳолининг ҳолидан хабар олиб муаммоларни партиявий воситалар орқали ҳал этилишга алоҳида эътибор қаратилаётганлиги билан алоҳида эьтиборлидир. Шу ўринда такидлаб ўтиш жойиз Халқ депутатлари шаҳар ва туман Кенгашларидаги партия депутатик гуруҳи депутатларининг ҳам ҳиссалари катта бўлмоқда. Ўйлаймизки амалга оширилаётган бу каби ишлар натижасида фуқароларимизнинг янада сиёсий онги яхшиланади ва партияга бўлган ишончи янада ортади. O‘zLiDeP партия ташкилотининг Республика, шаҳар, вилоят ва тумалардаги аҳил жамоасига омад тилаб қоламиз.


Рахманова Гульнара УзЛиДеП депутатлар гурухи ижрочи котиб 2018-09-13 16:11:59

O‘zLiDeP Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитаси ва партиянинг барча ҳудудий Кенгашларидан таркиб топган ишчи гуруҳ томонидан амалга оширилган ишлар самарали булди дея умид киламиз, айрим хонодон эгалари хурсандлигини яширмасдан очик чехра билан каршилаб уз таклифларини уртага солди. Купчилик муоммали масалалар шу жойларнинг узида ек тегишли ташкилотлар рахбарлари билан биргаликда куриб чикилиб ердам курсатилди. Бу албатта партиямизга халкимиз ишончи ошишига асос булади. Барчага куч кувват тилйамиз.


Fikringizni qoldiring

+