Men ham tadbirkor bo‘laman

13.09.2018, 16:30

Men ham tadbirkor bo‘laman

O‘zLiDeP viloyat Kengashi tashabbusi bilan Buxoro yuridik kollejida tadbirkorlikka qiziqishi bo‘lgan bir guruh yoshlar bilan “Men ham tadbirkor bo‘laman” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.   

– Tadbirkor bo‘laman, degan odam, avvalo, mehnatkash va tashabbuskor bo‘lishi kerak, –  deydi o‘quv tinglovchisi Sevara Toirova. – Har bir ishni boshlashdan avval 7 o‘lchab bir kesishi zarur. Shundagina ko‘zlangan maqsadga erishiladi.

Tadbirda partiya viloyat Kengashining fermer va tadbirkorlar bilan ishlash guruhi rahbari tomonidan yoshlarga tadbirkorlikka oid huquqiy normativ hujjatlar va qonunlar haqida tushunchalar berildi. “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi mazmun-mohiyati kengroq tushuntirildi.

Shamshod Jafarov,

O‘zLiDeP Buxoro viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    592
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+