O‘zLiDeP kosonlik yoshlar uchun mahorat darsi o‘tkazdi

13.09.2018, 18:33

O‘zLiDeP kosonlik yoshlar uchun mahorat darsi o‘tkazdi

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi Koson tumanidagi yoshlarni kichik biznes va hususiy tadbirkorlikka jalb qilish, ularning sohaga oid bilim va malakasini oshirish maqsadida kasb-hunar kolleji talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazdi.

Tadbirda partiya viloyat, tuman Kengashi mas’ul xodimlari, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tuman Kengashi vakillari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida yurgan yoshlar hamda kollej bitiruvchilari qatnashdi.

Qayd etilganidek, joriy yilda “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida tuman Jamg‘armasi tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlar uchun 6 milliard 373 million so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar va mol-mulkni lizingga berish rejalashtirilgan. Hozirga qadar tuman Jamg‘armasi va partiya “Yoshlar qanoti” hamkorligida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlar ro‘yhati shakllantirilib,  11 ta yo‘nalish bo‘yicha 357 ta loyiha ishlab chiqildi.

–Mazkur loyihalar doirasida tashkil etiladigan tadbirkorlik sub’ektlarida 1170 nafar yoshlar mehnat qilishi ko‘zda tutilgan, – deydi tuman Yoshlar ittifoqi vakili M.Holmurodov. –E’tiborlisi, sa’y-harakatlar evaziga Koson tumani Gulbog‘ mahallasida “Yoshlar mehnat guzari” ish boshladi. Hozirda guzar 9 ta yo‘nalish bo‘yicha faoliyat olib bormoqda.Shuningdek, tuman jamg‘armasi va partiya “Yoshlar qanoti” hamkorligida uyushmagan yoshlar ro‘yhati shakllantirilib, ularga 20 parranda va quyon bolasi, 7 ta qoramollar berildi.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

 Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1034
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+