O‘zLiDeP deputati bo‘kalik G. Hayitovaga ishga joylashishga ko‘maklashdi

13.09.2018, 18:35

O‘zLiDeP deputati bo‘kalik G. Hayitovaga ishga joylashishga ko‘maklashdi

O‘zLiDeP xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruh vakillari Prezidentimizning “Obod qishloq” dasturidan kelib chiqib, aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash, ularning muammo va takliflarini eshitish maqsadida hududlarda bo‘lib, muammolarni o‘rganmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Bo‘ka tumanida ham tashkil etildi. Ishchi guruh a’zolari “Baxmal” va “Kiyikchi” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi aholi bilan yuzma-yuz muloqot qildi.

– Anchadan buyon mahallada kichkina do‘konchada tadbirkorlik qilardim, – deydi “Kiyikchi” MFYda istiqomat qiluvchi tadbirkor J.Nazarov. – “Obod qishloq” dasturi asosida qishlog‘imizda hamma qulayliklarga ega savdo majmuasi qurilishi dasturga kiritilgan ekan. Mahalladoshlarim va rahbariyat shu do‘konni qurishni menga ishonib topshirishdi. Milliy bankdan kredit olib, do‘konni qurib, ishga tushirdim, 3 ta yangi ish o‘rni yaratdim.

– Toshkent Davlat jismoniy tarbiya institutni tugatganman, – deydi shu mahallada yashovchi yosh o‘qituvchi G.Hayitova. – Keyin qayta tayyorlovdan o‘tib boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘ldim. Hozirgi kunda maktabda “Yoshlar yetakchisi” lavozimida ishlamoqdaman. Ishchi guruhdan o‘z mutaxassisligim bo‘yicha ish topishda yordam so‘radim. Mazkur murojaatim bo‘yicha O‘zLiDeP deputati tuman xalq ta’limi bo‘limiga so‘rov yuborishini aytdi.

Xonadonma-xonadon suhbat qilish jarayonida aholiga partiya olib borayotgan ishlar, O‘zLiDePning dasturi va g‘oyasi “Har bir oila – tadbirkor” va “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturlarining mazmun-mohiyati ham kengroq tushuntirildi.

O‘zLiDeP Toshkent  viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    989
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+