O‘zLiDeP tashabbusi bilan Xo‘jaobodda 200 nafarga yaqin fuqaro bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

22.11.2017, 21:07

O‘zLiDeP tashabbusi bilan Xo‘jaobodda 200 nafarga yaqin fuqaro bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

O‘zLiDeP Xo‘jaobod tuman Kengashi tashabbusi bilan tuman tibbiyot birlashmasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Tadbir doirasida 200 nafarga yaqin fuqaro chuqurlashtirilgan ko‘rikdan o‘tkazildi.

– Tumanimizda aholini sog‘lomlashtirish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan, – deydi tuman tibbiyot birlashmasi rahbari T. Abdurahmonov. – Bu tajriba chekka hududlarimizdagi aholi sog‘lig‘ini muhofza qilishda qo‘l kelmoqda. Ayniqsa, xotin-qizlar va homilador ayollarning chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotgani sog‘lom bolalarni dunyoga kelishida muhim omil. Bu yo‘nalishda patronaj xizmatining davolash profilaktika ishlari ham nazorat ostiga olingan.

– Bugungi tibbiy ko‘rik ko‘nglimizdagi ish bo‘ldi, – deydi “Quvvat Murat” mahallasida istiqomat qiluvchi Toifaxon Musayeva. – Chunki biz kabi uy bekalari ro‘zg‘or yumushlaridan ortib bunday ko‘riklarga vaqt ajratishimiz qiyin. Bizga shunday imkoniyat yaratgan O‘zLiDePdan minnatdormiz.

Shu kuni tuman aholisi vakillari tor soha mutaxassislari tomonidan ham atroflicha tekshirilib, kasallik aniqlangan holatlarda sog‘lomlashtirishga jalb etildi.

Mahfuza TURG‘UNOVA,

O‘zLiDeP Xo‘jaobod tuman

Kengashi raisi o‘rinbosari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2419
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+