Ishchi guruh “Fayziobod”MFY aholisi bilan uchrashdi

13.09.2018, 18:39

Ishchi guruh   “Fayziobod”MFY aholisi bilan uchrashdi

O‘zLiDeP faollaridan tuzilgan ishchi guruh a’zolari Piskent tumanidagi “Fayziobod” mahallasida  bo‘lib, aholi bilan muloqot qildi.

Tashrif chog‘ida partiya faollari dastlab hududda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Ushbu mahalla 2012 yil tashkil etilgan. Mahalla hududida 809 ta xonadon bo‘lib, ularda 5242 nafar aholi istiqomat qiladi. Ayni chog‘da mahalladagi “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan “Obod” ko‘chasi, “Istiqlol” ko‘chasi, “Mustaqillik” ko‘chasi, “Shifokor” ko‘chasi, “Mingchinor” ko‘chasi, “Paxtakor” ko‘chalarida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Buning uchun esa MFYga 12 mlrd 204 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan.

Uchrashuvlar davomida shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga “Har bir oila – tadbirkor” va “Yoshlar – kelajagimiz” dasturlari doirasida yaratilayotgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Aholi tomonidan gaz, ichimlik suvi, ishga kirish va boshqa masalalarda o‘rtaga tashlangan murojaatlar xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhlari tomonidan tegishli tashkilotlarga so‘rov yuborildi.

Ishchi guruhning joylardagi aholi bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

 matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1409
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-09-14 08:50:12

Инсон манфаатлари хамма нарсадан устун булган тинч ва асоийшта мамлакатда яшаб турганимиздан хар бир инсон хурсанд булишимиз керак. Партиямиз ишчи гурухи тамонидан амалга оширилаетган ишлар уз самарасини бермокда. Хонодонларга кириб сухбат утказиш, яшаш шаройитлари билан танишиши ва муоммаларини урганиш амалий ердамлар курсатиш каби хайрли ишларнинг барчаси халкимиз розилиги учун


Fikringizni qoldiring

+