Qo‘shrabotlik maslakdoshlarimiz soni 50 nafarga ko‘paydi

13.09.2018, 18:43

Qo‘shrabotlik maslakdoshlarimiz soni  50 nafarga ko‘paydi

Yurtimizda tadbirkorlik va fermerlik sohasida yutuqlarga erishayotgan xotin-qizlarimiz ko‘p. Qo‘shrabot tumanidagi “Farangiz” fermer xo‘jaligi raisi Tojixol Tog‘ayeva ham ana shunday ayollardan biri sanaladi.

Ayni chog‘da 50 ga yaqin xodimlar faoliyat ko‘rsatayotgan mazkur fermer xo‘jaligi qoshidagi “Sangzor mo‘jizasi” xususiy korxonasida 10 turdagi shirinlik mahsulotlari ishlab chiqarilib, aholiga yetkazib berilmoqda. Shuga qaramay, korxona rahbari mahsulotlar hajmini keskin oshirib, yana qo‘shimcha ish o‘rni yaratmoqchi.

– Fermer xo‘jaligimiz 2000 yilda tashkil topgan. 2011 yilda xo‘jaligimiz qoshida non va non mahsulotlari, barcha turdagi qandolat mahsulotlari, qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “SANGZAR MO`JIZASI” xususiy korxonasini tashkil etdik, – deydi T.Tog‘ayeva. – Joriy yilda esa yurtimizda tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, “MIRAJ” oilaviy tikuvchilik korxonasini tashkil qildik. Hozir ushbu korxonada 15 nafar xotin-qiz mehnat qilyapti.

Ha, tinib-tinchimas bu tadbirkor doim harakatda, yangi-yangi g‘oyalar, loyihalar ustida ishlamoqda. Darvoqe, ayni chog‘da u Mikrokreditbankdan 1.5 miliard so‘mlik kredit olib, 70 o‘rinli “KINDER GLOBUS” xususiy bog‘chasini ishga tushiryapti. Maqsadi bitta, yoshlar va xotin-qizlar uchun ish yangi ish o‘rni yaratish, odamlar mushkulini oson qilish.

Muloqotlar davomida tajribali fermer, tadbirkor hamda ishbilarmon ayol Tojixol Tog‘ayevaning tumanda tadbirkorlik mahorat darslariga jalb etishga kelishib olindi. Eng muhimi, u rahbarlik qilayotgan korxona xodimlaridan 50 nafari partiya safiga qabul qilindi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    929
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+