Surxondaryolik O‘zLiDeP targ‘ibotchilari malaka oshirdi

13.09.2018, 18:51

Surxondaryolik O‘zLiDeP targ‘ibotchilari malaka oshirdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasining barcha Kengashlarida partiya ustavi, dasturiy maqsad va vazifalari hamda g‘oyalarini keng xalq ommasi o‘rtasida targ‘ib-tashviq qilish, partiya elektorati safini yanada kengaytirishda ko‘makdosh bo‘lib kelayotgan targ‘ibotchilar guruhi shakllantirilgan.

Mazkur guruh yaqinda Termiz tumanidagi Arxitektura va qurilish kasb-hunar kollejida o‘quv-seminar tashkil etdi. Tadbirda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiya Surxondaryo viloyat Kengashi xodimlari, mahalliy Kengashlarga O’zLiDePdan saylangan deputatlar hamda partiya faollari ishtirok etdi.   

– O‘quv-seminarda dastlab, mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida O’zLiDeP tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi, – deydi O‘zLiDeP Termiz tuman Kengashi targ‘ibotchisi O‘g‘iloy Quvondiqova. – Xalqimiz turmush darajasini yanada oshirish maqsadida yechimini kutayotgan muammolar va ularni hal etish chora-tadbirlari muhokama etildi. Shuningdek, o‘quv-seminar davomida tag‘ibotchilarga partiya Ustavi va dasturida belgilangan maqsad va vazifalar, ko‘ppartiyaviylik sharoitida xalq ishonchini qozonishga alohida e’tibor qaratish kerakligi ta’kidlandi.

O‘quv yakunida muhokama etilgan masalalar bo‘yicha kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Gulmira AMIROVA,

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

Siyosiy ta’lim markazi rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1264
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қучқоров Бехзод Исомиддинович2018-09-14 09:33:15

Худди шундай ўқув семенарлари республикамизнинг барча худудларида йўлга қўйилиши лозим деб ўйлайман.


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб2018-09-14 08:18:15

O’zLiDeP томонидан укув семинарлар ташкил килиш партиядошларимизнинг сиёсий ва хукукий саводхонлигини ошириб куймасдан уз аро мулокот килиб иш тажриба услубларини урганади ва партия ишларини жонлантириш учун керакли маслахатларга эга булади. Укув семинарлар жойларда купрок утказилса максадга мувофик буларди


Fikringizni qoldiring

+