O‘zLiDeP talabalar uchun mahorat darsi o‘tkazdi

14.09.2018, 15:10

O‘zLiDeP talabalar uchun mahorat darsi o‘tkazdi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi Samarqand veterinariya meditsina instituti talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazdi.

Tadbirda partiya viloyat Kengashi xodimlari, tadbirkorlar, “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi viloyat bo‘limi vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturlarida belgilangan vazifalar partiyamiz dasturi maqsad va vazifalari bilan hamohangdir. Shu bois, partiya ushbu dasturlar ijrosini ta’minlash orqali viloyatda tadbirkorlar safini kengaytirishdan  manfaatdor.

–Yurtimizda tadbirkorlar uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan, – deydi “Istiqlol sho‘‘lasi” fermer xo‘jaligi raisi Baxtiyor Odilov. – Endi bu imkoniyatlardan oqilona foydalanib, halollikni kasb qilsangiz va ishlab chiqargan mahsulotingizdan xalq baraka topsa, siz boshlagan ishning kelajagi porloq bo‘ladi.

Uchrashuvda so‘z olgan “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi Samarqand tuman bo‘limi rahbari Ulug‘bek Abdullayev mazkur jamg‘armaning faoliyati, yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish to‘g‘risida yig‘ilganlarga tushunchalar berdi.

–Shunday mahorat darslarini tashkillashtirgan O‘zLiDePga  o‘z minnatdorligimni bildiraman, – deydi institut talabasi Nilufar Azamova. –Men kelajakda paypoq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchiman. Lekin tadbirkorlik borasida tajribam yo‘q. Bunday mahorat darslari men va tengqurlarim uchun tajriba maktabini o‘taydi.

 Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP  Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1086
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Tashanov Yazdon O'zLiDeP Kattaqo'rg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari,apparat rahbari 2018-09-15 11:31:56

Ўтказилаётган маҳорат дарслари ўқувчи ва талабаларда катта қизиқиш уйғотмоқда.Бу дарслар келажакда албатта ўзининг самарасини беради.


Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-09-14 20:19:35

Мамлакатимизда тадбиркорларнинг асосий қатламларидан бири -қишлоқ хўжалиги билан банд бўлган соҳа вакилларидир. Шу нуқтаи назардан қараганда, айнан бўлажак қишлоқ хўжалиги ходимлари бўлган ёшлар билан бу каби "Маҳорат дарс"ларининг ташкил этилиши ёшлар ўртасида нафақат партиямизнинг нуфузини оширади, балки уларда тадбиркорлик кўникмаларининг янада кучайишига сабаб бўлиши шубҳасиздир.


Fikringizni qoldiring

+