O‘zLiDeP faollari Olmazor kichik sanoat zonasidagi muammolarni o‘rgandi

14.09.2018, 15:17

O‘zLiDeP faollari Olmazor kichik sanoat zonasidagi muammolarni o‘rgandi

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi To‘rabek Nazarov boshchiligidagi ishchi guruh tadbirkor va ishbilarmonlar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Olmazor tumanidagi kichik sanoat zonasida bo‘ldi.   

Dastlab ishchi guruh a’zolari “Rubber plast pharm” MChJ  faoliyatini o‘rgandi. Tashrif chog‘ida partiya faollari korxona faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

– Faoliyatimizni 2017 yilda boshlaganmiz, – deydi korxona rahbari Sherali O‘rinov. – Asosan O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulot qadoqlariga muqova qog‘ozlar va mahsulot idishlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanamiz. Ayni chog‘da korxonamizda 60 nafardan ortiq ishchi-xodim mehnat qilyapti. Shu kunlarda esa faoliyatimizni yanada kengaytirib, qo‘shimcha 50 ta ish o‘rni yaratish harakatida yuribmiz. 

Ishchi guruh a’zolarining navbatdagi manzili tumandagi “YEKAN – AK” MChJ bo‘ldi. Aytish joiz, mazkur korxonada yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mashinalarning extiyot qismlari ishlab chiqariladi. Korxonada faoliyati o‘rganilganda bu yerda kadrlar muammosi borligi ma’lum bo‘ldi. Korxona rahbarining aytishicha, korxonaga termaplast bo‘yicha mutaxasis kadrlar yetishmas ekan.

O‘rganishlar davomida har ikki kichik sanoat zonasida ham kadrlar borasida muammolar borligi aniqlandi. Mazkur muammolar yuzasidan partiya ishchi guruhi a’zolari tomonidan amaliy yordam berishga kelishib olindi.

Ishchi guruhning joylardagi o‘rganishlari davom etmoqda. 

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    594
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+