O‘zLiDeP deputati “Movorounnahr”MFYdagi muammoni joyida hal etdi

14.09.2018, 15:26

O‘zLiDeP deputati “Movorounnahr”MFYdagi  muammoni joyida hal etdi

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi To‘rabek Nazarov boshchiligidagi partiya faollari va Xalk deputatlari Mirobod tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolaridan  iborat  ishchi guruh  “Oltinko‘l”, “Movorounnahr” MFY aholisi bilan uchrashdi.

Aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar chog‘ida hudud ahli tomonidan 15 ga yaqin murojaat kelib tushdi.

Xususan, “Movorounnahr” MFYda yashovchi Gavxar Mustamova  turmush o‘rtog‘i og‘ir xasta ekanini aytib, tikuv mashina olishda ko‘mak so‘radi.

– Ikki nafar farzandim bor, – deydi  G.Mustamova. – Oilaviy sharoitimiz og‘ir, oilada faqat men ishlayman. Shu bois, tikuv mashina olib tikuvchilik bilan shug‘ullanmoqchi edim. Partiya faollariga rahmat, o‘zlari uyimizga kelib muammoyimizni o‘rgandi va hal etishga va’da berdi.

O‘rganishlar davomida shuningdek, “Movorounnahr” MFYdagi ko‘p qavatli uyning podvol qismida suv quvirlari yorilgani sababli xonadonlarga noxush xidlar taralyotgani ma’lum bo‘ldi. Xalq noiblari mutasaddi tashkilotlarni chaqirtirib muammoni joyida hal etdi.

Bundan tashqari, uchrashuvlar davomida aholiga “Yoshlar – kelajagimiz” va “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida kengroq tushunchalar berildi. O‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga ko‘maklashildi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    426
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+