Muammolarni hal etish uchun deputatlarimiz uyg‘onishi kerak

14.09.2018, 18:05

Muammolarni hal etish uchun  deputatlarimiz uyg‘onishi kerak

Joylarda O‘zLiDeP ustavi, dasturiy maqsad-vazifalarini xalq orasida keng targ‘ib qilayotgan targ‘ibotchilar guruhi seminar-treninglar o‘tkazib kelmoqdalar.  

Asaka tumani “Sharxonsoy irrigatsiya” bo‘limida bo‘lib o‘tgan ana shunday seminarda so‘z olgan partiya Andijon viloyat Kengashi xodimlari, mahalliy Kengashlardagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda partiyamizning o‘rni va ahamiyatini oshirish, ko‘ppartiyaviylik sharoitida saylovchilar ishonchini qozonishda kaysi jihatlarga e’tibor qaratish zarurligi xususida alohida to‘xtaldilar.

– Qayerga bormang, aholi bilan jonli muloqotlar ustidan tushasiz, – deydi partiya Andijon viloyat Kengashi mafkuraviy tashviqot-targ‘ibot ishlari bo‘limi mudiri Muyassarxon Umurzaqova. – Muloqotlarda ko‘tarilayotgan muammolar aslida bizning muammoyimiz. Ularni hal qilishda deputatlarimizning o‘rni alohida ahamiyatga molik. Yechimini kutayotgan masalalar juda ko‘p, ularni hal qilishda albatta xalq vakillari – deputatlarni harakatga keltirishimiz, joiz bo‘lsa, “uyg‘otishimiz” kerak. Bo‘lib o‘tayotgan mana shunday o‘quv-seminarlarida ayni jihatlarga e’tibor qaratyapmiz.

Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.

Shuhratbek Bozorov,

O‘zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi huzuridagi

Siyosiy ta’lim markazi rahbari 

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1099
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Олим Норжигитов, Жиззах вилояти 2018-09-16 16:09:46

Жуда ҳам тўғри ечимини кутаётган масалалар жуда кўп, уларни ҳал қилишда албатта халқ вакиллари – депутатларни ҳаракатга келтиришимиз, жоиз бўлса, “уйғотишимиз” керак, уларни янада фаолликга чорлашимиз лозим, ахир уларни халқ сайлашган, улар халқ учун фидоийлик билан меҳнат қилишлари керак


Fikringizni qoldiring

+