O‘zLiDeP qo‘qonlik yoshlar uchun biznes sayohat uyushtirdi

14.09.2018, 18:08

O‘zLiDeP qo‘qonlik yoshlar uchun biznes sayohat uyushtirdi

O‘zLiDeP Qo‘qon shahar Kengashi yosh tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar uchun biznes sayohat tashkil etdi.

Dastlab ishtirokchilar Qo‘qon shahridagi “Kokand bicycles” MChJga tashrif buyurdi. Ushbu korxona rahbari M.Abdurahimov yoshlarni korxona faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishtirdi.   

–Korxonamizda asosan velosipedlar ishlab chiqariladi, – deydi tadbirkor. Hozirda korxonamizda 50 nafardan ortiq ishchi-xodim mehnat qilyapti. To‘g‘ri, boshida faoliyatimni boshlashda biroz qiyinchiliklarga duch kelganman. Lekin sohaga bo‘lgan qiziqishim tufayli ortga chekinmaganman. Shu bois, siz ham, biznes boshlashda o‘zingizga ishoning va hech qachon qo‘rqmang. Chunki harakat qilgan kishi albatta, o‘z orzusiga erishadi. 

Keyingi manzil S.Mamayusupov rahbarlik qilib kelayotgan “SunWay” nodavlat ta’lim muassasasi bo‘ldi. U yerda yoshlar muassasa faoliyati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

–Mazkur seminar, tengdoshlarim qatori menda ham o‘zgacha ruh bag‘ishladi, – deydi O‘zLiDeP faoli Sh.Qambarov. – Demak, harakat qilsak, izlansak va qiyinchiliklar oldida to‘xtab qolmasak, marra bizniki ekan.

Sayohat davomida yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.  

A.OTABOYEV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1293
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+