O‘zLiDeP “Chodak” kon boshqarmasida BPT tuzdi

14.09.2018, 18:13

O‘zLiDeP “Chodak” kon boshqarmasida BPT tuzdi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi faollaridan tuzilgan ishchi guruh “Chodak” kon boshqarmasiga tashrif buyurdi.  

Tashrif davomida mazkur boshqarma ishchi-xodimlar va aholi vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda ishchi guruh a’zolari “Yoshlar kelajagimiz” va “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan aholiga imtiyozli kreditlar ajratilishi, ushbu dasturlarning hayotiy jihatlarini oddiy, sodda tilda tushuntirib berdi.

– Yurtimizning “Olmaliq KMK” AJ o‘z ishlab chiqarish quvvati bilan Toshkent, Jizzax, Namangan va Surxandaryo viloyatlari hududlarida joylashgan mis-molibden, qo‘rg‘oshin-rux va oltin-kumush konlari guruhlari zahiralarida makon topgan jahon miqyosidagi yetakchi ishlab chiqaruvchi hisoblanadi, – deydi “Chodak” kon boshqarmasi direktor o‘rinbosari B.Xasanov. – Oltin qazib olish va qayta ishlash ishlab chiqarishni “Kovuldi” koni, Angren kon boshqarmasi, Chodak kon boshqarmasi, Angren va Chodak oltin saralash fabrikalari namoyon etadi, ularning mahsulotlari qayta ishlash chiqarib kelinmoqda. Sotilayotgan mahsulotlarning asosiy ulushini mis, tozalangan oltin va kumush tashkil etadi.

Tashrif so‘nggida korxona qoshida O‘zLiDeP BPT tuzildi.

 Rustamjon XAKIMOV,

O‘zLiDeP viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    2609
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+