Chustlik 82 nafar yoshlar O‘zLiDePga a’zo bo‘ldi

14.09.2018, 18:26

Chustlik 82 nafar yoshlar O‘zLiDePga a’zo bo‘ldi

O‘zLiDeP Namangan viloyat, tuman (shahar) Kengashi faollaridan tuzilgan ishchi guruh Chust tumanidagi bir guruh yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida olib borilayotgan amaliy ishlar, “Yoshlar kelajagimiz” hamda “Har bir oila–tadbirkor” dasturi doirasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan yoshlarga va har bir oilaga imtiyozli kreditlar ajratilishi, ushbu dasturlarning hayotiy jihatlari oddiy, sodda tilda tushuntirib berildi.

–Bolaligimdan siyosiy jarayonlarga qiziqaman, – deydi tadbir ishtirokchisi Zebo Aliyeva. – Shu bois, partiya faollari tomonidan berilgan har bir ma’lumotni diqqat bilan tingladim. Partiya “Yoshlar qanoti”ning “Kelajak deputatlari” loyihasi menda katta ta’surot uyg‘otdi. Endi ushbu loyihada ishtirok etib, kelajakda deputat bo‘lmoqchiman.

Tadbirda partiya safiga qo‘shilish istagini bildirgan 82 nafar yoshlar partiya a’zoligiga qabul qilindi.

Erkinjon AHMEDXODJAYEV,

O‘zLiDeP viloyat 

Kengashi ma’sul xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1045
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+