O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” ko‘magida andijonlik B. Boymirzayev biznes loyiha tuzib tadbirkorlik faoliyatini boshladi

14.09.2018, 18:36

O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” ko‘magida andijonlik B. Boymirzayev biznes loyiha tuzib tadbirkorlik faoliyatini boshladi

Bahodirjon Boymirzayev O‘zLiDeP Andijon tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” faollaridan. U o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lganiga ancha bo‘ldi. Biroq biznes loyiha ishlash yo‘l-yo‘riqlarini bilmagani pand berayotgandi. O‘zLiDeP Andijon tuman Kengashi tomonidan tumandagi Okyor kasb-hunar kollejida o‘tkazilgan  davra suhbati aynan Bahodir kabi yoshlar uchun katta imkoniyat bo‘ldi.

-Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik korxona tashkil qilmoqchi edim, - deydi B. Boymirzayev. – Oz-moz mablag‘im bor, ammo bankdan kredit ham olib ish boshlash niyatidaman. Bugungi davra suhbatida biznes loyiha yozish, ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘ldim. Endi tez kunda loyihamni taqdim etib, faoliyatimni yo‘lga qo‘yaman.

Partiya “Yoshlar qanoti” ilgari surayotgan bunday tashabbuskor g‘oyalar yigit-qizlar bandligini ta’minlash, ularning qiziqishlari va tadbirkorliklarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim qadam bo‘lmoqda. Davra suhbatida so‘z olgan mutasaddi tashkilot vakillari yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar berdilar.

Elyorbek Avulov,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1159
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+