O‘zLiDeP rahbari nishonlik fermerlar bilan uchrashdi

14.09.2018, 18:41

O‘zLiDeP rahbari nishonlik fermerlar bilan uchrashdi

Bugun Nishon tumanidagi “Ibragimov Abduhalil” fermer xo‘jaligida tadbirkor va ishbilarmonlar, fermer hamda dehqon xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Muloqotda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi vazifasini bajaruvchi Aktam Xaitov so‘zga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuzasidan fikr yuritdi.

– “Har bir oila – tadbirkor” dasturi ijrosini ta’minlash aholi bandligi va farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi, – dedi A. Xaitov. – Tomorqachilikni rivojlantirish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarimizni sifat jihatdan yaxshilashimiz kerak. Partiya deputatlari fermerlarni o‘ylantirib kelayotgan muammolarni o‘rganib, ijobiy yechim topishda faollik ko‘rsatishlari lozim. Bu yilgi paxta yig‘im terimiga uyushmagan yoshlarni jalb etish, terimchilar bilan mehnat shartnomasi tuzish, ularning mehnat qilishlari uchun barcha sharoitlarni muhayyo etish borasidagi ishlar partiyamiz hududiy Kengashlari tomonidan nazorat qilinadi.

Tadbir yakunida Nishon tuman Shirinobod mahallasida yashovchi  “Nishon tomorqa” korxonasi rahbari Dilmurod Jahongirovga  tomorqachilikni rivojlantirish uchun 500 mln so‘m kredit ajratiladigan bo‘ldi.

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi Aktam Xaitovning qashqadaryolik tadbirkor va fermerlar bilan muloqoti davom etmoqda.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1056
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Дилолром 2018-09-15 11:05:15

Утказилган ушбу юзма-юз сухбат фермер, тадбиркор, дехконларнинг нафакат узларига булган ишончларини балки хукуматимизга, партиямизга, булган ишончларини янада ортишига хизмат килиш билан бир каторда тадбиркор ва фермерларнинг келгусидаги режаларига хам ижобий таъмир утказади деб уйлайман.


Луиза Хамракулова2018-09-15 10:54:02

Ўзбекистон халқи келажакка ишонч билан қарайди, O‘zLiDeP Сиёсий Кенгаши вилоятларда олиб бораётган бундай мулоқотлар эса ватанимизнинг юксалишига бўлган ишончимизни янада мустахкамлайди.


Fikringizni qoldiring

+