Tadbirkorlik haftaligi xotin-qizlar uchun o‘zaro fikr almashishga imkon yaratmoqda

21.11.2017, 21:16

Tadbirkorlik haftaligi xotin-qizlar uchun o‘zaro fikr almashishga imkon yaratmoqda

Kuni kecha Urganch shahridagi Yoshlar markazida tadbirkorlik haftaligi doirasida O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan “Mamlakatimizning taraqqiyoti va farovonligida ishbilarmon va tadbirkor ayollarning o‘rni” mavzusida festival tashkil etildi.

Unda O‘zLiDeP Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi va hududiy partiya tashkilotlari mas’ul xodimlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyamiz a’zolari hamda mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.

Festival doirasida ishtirokchilar mamlakatimizda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bilan yaqindan tanishtirilib, xususiy sektor rivoji yo‘lida qabul qilinayotgan qonunlar mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirildi. Viloyatdagi “Tilla Domor”, “Xorazm ipagi” va “Urganch bahmal” korxonalarida uyushtirilgan ochiq muloqotlar esa tadbirkor ayollar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, ulardan maslahat va ko‘mak olish imkonini yaratdi. Shuningdek, tadbirkorlik haftaligi ishtirokchilari “Xiva gilamlar maktabi”ga borib, gilam to‘qish sir-asrorlari bilan yaqindan tanishishdi.

Bir so‘z bilan aytganda, mazkur festival xotin-qizlar uchun o‘zaro fikr almashishga, partiyamiz safini ishbilarmon, tadbirkor xotin-qizlar hisobiga kengaytirishga zamin yaratdi.

O‘zLiDeP Xorazm viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1648
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+