O‘zLiDeP yoshlar o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazdi

17.09.2018, 12:47

O‘zLiDeP yoshlar o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazdi

O‘zLiDeP Chimboy tuman Kengashi “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqa tashkil etdi.

Musobaqadan ko‘zlangan maqsad yoshlarni sportga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini oshirish, sportning ommabopligiga erishish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda salomatligini mustahkamlashdan iborat.

–Musoboqada o‘g‘il va yosh o‘smir qizlardan tashkil topgan 9 ta jamoa o‘zaro bellashdi, – deydi O‘zLiDeP Chimboy tuman Kengashi apparat rahbari B.Ganiyev. – O‘ylaymanki, bu kabi musoboqalar yoshlarni sportga yanada mehr uyg‘otishga, ularni qiziqtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, inson salomatligining mustahkam bo‘lishida sportning o‘rni beqiyos.

Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar aniqlanib, ularga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.    

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1847
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

М.Дониёрова Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-09-17 15:28:32

Спорт соғлик гаровидир. Спортга ёшларнинг қизиқиши ҳозирги кунда жуда юқори. Шундай экан соғлом турмуш тарзини тарғиб қилишга қаратилга бу каби мусобақалар ўйлайманки ижобий самара беради, ва ёшларни спортга меҳрини янада ортишига сабааб бўлади.


Fikringizni qoldiring

+