Taxiatoshlik 93 nafar yosh ishga joylashish bo‘yicha yo‘llanma oldi

17.09.2018, 12:49

Taxiatoshlik 93 nafar yosh  ishga joylashish bo‘yicha yo‘llanma oldi

O‘zLiDeP Taxiatosh tuman Kengashi va tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi hamkorligida yoshlar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada tumandagi 27 ta korxona va tashkilotlar o‘zining 100 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.

–O‘tgan yili kasb-hunar kollejini tamomlab, oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirgan edim, – deydi K.Bekjanov. –Lekin o‘qishga kira olmadim. Shu bois, hozirga qadar ishsiz yurgandim. Bugun partiya tashabbusi bilan tashkil etilgan mehnat yarmarkasida qatnashib, o‘z mutaxassisligim bo‘yicha ishga joylashdim. Buning uchun partiya faollaridan minnatdorman.  

Ta’kidlash kerak, yarmarka davomida 93 nafar yoshlarni ishga joylashtirish bo‘yicha yullanma berildi.

                                                                A.UMIRBEKOV ,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi partiya faoli

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1143
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Навоий вилоят Кенгаши Ч.Раджабов 2018-09-17 15:57:29

Ўтказилган бундай самарали тадбирлар албатта ёшларимизнинг бандлигини таъминлаши ва келажаги учундир.


Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-09-17 15:23:52

Ёшлар келажагимиз. Ёшларни бандлигини таъминлаш эса энг муҳим мақсадларимиздан биридир. Ёшларга оид Давлат сиёсати жадал кечаётган юртимизда ёшларнинг бандлигини таъминлашдек савабли ишга қўл урган Тахиатошлик ҳамкасбларимизнинг ишларига улкан ривожлар тилаб қоламиз.


Fikringizni qoldiring

+