“Dana tekstil Prom”dagi a’zolarimiz safi ko‘paydi

17.09.2018, 17:13

“Dana tekstil Prom”dagi a’zolarimiz safi ko‘paydi

O‘zLiDeP Taxiatosh tuman Kengashi “Dana tekstil Prom”da xotin-qizlarning tadbirkorlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi. Unda ayollarni tadbirkorlikka keng jalb etish, partiyaning g‘oyaviy maqsadlarini targ‘ib etish, asosiy tayanch bo‘g‘inlarimiz faoliyatini yanada jonlantirish masalalari muhokama qilindi.  

– Korxonamiz joriy yilning yanvar oyida ish boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda 10 nafar qizlarimiz doimiy ish bilan band, – deydi “Dana tekstil Prom” rahbari G.Axmedova. – Korxonamizda asosan, ayollar uchun ko‘ylaklar, bolalar uchun futbolka va maykalar, maxsus kiyim-kechaklar, qoraqalpoq xalqining milliy naqshlari tushirilgan bejirim  quroqlar va turli xil kiyimlar buyurtmalar asosida tayyorlanadi. Faoliyatimizni yanada kengaytirish maqsadida bankdan kredit olib, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish va yangi ish o‘rinlari yaratishni niyat qilganmiz.

Tadbir yakunida korxonada mehnat qilayotgan 10 nafar xotin-qiz O‘zLiDeP a’zoligiga qabul qilindi.

Nasiba To‘remuratova

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi mas’ul xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1286
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+