Deputatlar “Obod qishloq” dasturi doirasida Kattaqo‘rg‘onda amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi

17.09.2018, 17:22

Deputatlar “Obod qishloq” dasturi doirasida Kattaqo‘rg‘onda amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda ATB Agrobank Payshanba filiali bosh mutaxasisi Sh.Ro‘ziyevning axboroti eshitildi.

– “Obod qishloq” dasturi doirasida “Kattaming” va “Qorako‘lcha” mahallalarida xonadonma-xonadon yurib, aholiga imtiyozli kredit turlari haqida ma’lumot berdik, – deydi Sh.Ro‘ziyev. – Olib borgan say-harakatlarimiz natijasida 150 ga yaqin fuqaroga 2 mlrd. so‘mdan ortiq imtiyozli kreditlar ajratildi va ularga tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga ko‘maklashildi.

Yig‘ilishda shuningdek, tuman bandlikka ko‘maklashish markazi bo‘lim boshlig‘i Z.Abdullayevning hisoboti tinglandi.

–Joriy yilda tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining bajarilishi bo‘yicha tasdiqlangan dasturga 124 loyiha va 932 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 74  loyiha amalga oshirilishi hisobiga 562 ta ish o‘rinlari yaratildi, – deydi  Z.Abdullayev. – Shuningdek, mahallarda jamoatchilik asosida 1000 ga yaqin fuqarolar ishga band qilinib, ularning har biriga 600-700 ming so‘m miqdorida oylik maosh belgilandi.

Yig‘ilishda ko‘rilgan masallar yuzasidan partiya deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1266
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

O‘zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари М.Бекчанов2018-09-17 17:32:51

“Обод қишлоқ” дастури доирасида бутун республикамиз қатори бизнинг туманимизда ҳам кўпгина яхши ишлар амалга оширилмоқда. Хива туман Кенгашидаги O‘zLiDeP депутатлик гуруҳи аъзолари ҳам ўзига бириктирилган маҳаллаларда бўлиб, аҳолини муаммолари ва қизиқишларини ўрганиб, улар юзасидан тегишли ташкилотларга мурожаат қилдилар. Ушбу маҳаллаларда бир қанча муаммолар ўз ечимини топишига ёрдам бердилар.


Fikringizni qoldiring

+