Paxtachida deputat va yoshlar uchrashdi

17.09.2018, 17:25

Paxtachida deputat va yoshlar uchrashdi

O‘zLiDeP Paxtachi tuman Kengashi tomonidan yoshlarni partiya dasturiy maqsad va vazifalari, parlament hamda deputatlik maqomi to‘g‘risida bilim va malakasini oshirish, ularni deputatlik faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvni Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Anvar Asrorov kirish so‘zi bilan ochib, parlament va deputatlik maqomi to‘g‘risida, Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashi faoliyati bilan yoshlarni tanishtirdi.

Tadbirda deputatlikka qiziqqan yoshlarni mahalliy Kengash deputatlarining saylov okrugiga chiqish orqali faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, tajriba va malaka oshirish, ma’lum ko‘nikmaga ega bo‘lishi uchun imkoniyat yaratish, joylardagi muammolarning hal etilishida deputatlik vakolatlaridan foydalanish, deputatlik so‘rovlarini tayyorlashda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbirda xalq noibi A.Asrorov “Kelajak deputatlari” guruhi a’zolari va tadbir ishtirokchilarini deputatlik faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari  bilan tanishtirdi. Shuningdek, o‘zi saylangan okrugni tuman Kengashidagi vakili va hudud aholisini manfaatlari va huquqlarini uchun kurashadigan inson bo‘lmog‘i kerak ekanligini tushuntirdi.

“Kelajak deputatlari” guruhi a’zolariga deputatlik faoliyatiga doir  ishlarni bajarishda yoshlarni jalb qilib deputatlik faoliyatida bajarishi lozim bo‘lgan masalalar borasida o‘z fikirlari va takliflarini berishni so‘radi.

B.QARShIYEVA,

 O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1239
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+