O‘zLiDeP deputati tadbirkor muammosi yuzasidan so‘rov yuboradi
17.09.2018, 17:30
O‘zLiDeP faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari “Ishbilarmon ayol” Respublika ko‘rik-tanlovining 2-o‘rin sohibi, “Sho‘rchi Don Omad” MChJ rahbari Gulsora Tangirova faoliyatini o‘rgandi.
Aytish joiz, mazkur korxonada turli bichimdagi zamonaviy ko‘rpa - yostiqlar, choyshablar, maxsus ishchi kiyimlar ishlab chiqariladi. E’tiborlisi, korxonada 30 nafardan ortiq xotin-qiz doimiy ish bilan band.
Darvoqe, tinib-tinchimas bu tadbirkor yana bir xayrli ishga qo‘l o‘rdi. Aholining non va non mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganib, 15 turdagi non va non mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.
–2014 yildan buyon tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman, – deydi tadbirkor. – Keyingi yillarda yurtimizda tadbirkorlarga qaratilayotgan alohida e’tibor natijasida koxonamiz faoliyati rivojlanib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarimiz kundan kunga ortib bormoqda. Lekin bitta muammomiz bor. Korxonamiz hududida mahsulotlarni saqlaydigan omborxonamiz yo‘q. Agar 30-40 million so‘m miqdoridagi mahsulotimizni ichki bozorda sotish imkoniyatiga ega bo‘lsak, ishchilarimizni vaqtida oylik va qo‘shimcha ish haqi bilan ta’minlaymiz.
Shu masalada O‘zLiDeP faollaridan ko‘mak so‘ragan tadbirkorning murojaati xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari tomonidan tegishli tashkilotga so‘rov yuborish uchun yozib olindi.
Suhbat va muloqotlar davomida shuningdek, tadbirkorning mahalla hududidan 210 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi qurayotgani ma’lum bo‘ldi.
Partiya faollari yangidan bunyod etilayotgan ushbu maktabgacha ta’lim muassasasi ishlari bilan ham yaqindan tanishib, qurilish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi.
Matluba JO‘RAYEVA,
O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat
Kengashi ayollar bilan ishlash
bo‘lim mudiri
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
-
Mahalladagi xotin-qizlarning muammo va takliflari o‘rganildi
01.03.2024, 22:01
-
Gulchi opa mahalla xotin-qizlariga o‘z tajribasini ommalashtirdi
24.02.2024, 12:22
Bildirilgan fikrlar
Навоий вилоят Кенгаши Қўчқоров Беҳзод Исомиддинович2018-09-18 07:59:04
Тадбиркоримизнинг кейинги ишларига доим омад тилаган холда ўз мақсадлари сари илдам бориб фаолиятини кенгайтириб доимий иш билан таъминланмаган аҳолини ишга жойлаштиришдаги ҳамда жажжи кичкинтойлар учун қўрилаётган шинамгина боғча биноси таъмирланишини якунлашида ва яқин кунларда болажонларга ихтиёрига топширилишида яқиндан ёрдамларини аямаётган депутатларимизнинг келгусидаги фаолиятига омад тиламан.