O‘zLiDeP sayyor qabulida Majit Xolmurodovning uy-joyi kadastr qilindi

18.09.2018, 18:10

O‘zLiDeP sayyor qabulida Majit Xolmurodovning  uy-joyi kadastr qilindi

O‘zLiDeP Muzrabot tuman Kengashi Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi bilan hamkorlikda “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etdi. Qabulda aholini qiynayotgan toza ichimlik suvi,  maishiy gaz ballonlari bilan taminlash, elektr energiyasi, kadastr xizmati, kredit olish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 20 dan ortiq murojaatlar o‘rtaga tashlandi.

– Tuman hokimligi tomonidan berilgan 15 sotix yerda uy-joy qurib oilam bilan yashab kelayapman, – deydi Majid Xolmurodov. – Ushbu uy-joyimni kadastr qilish maqsadida tuman Yer tuzish va kadastr bo‘limiga murojaat qilgandim. Oradan olti oy o‘tsa hamki, muammoyim yechim topmadi. Bugungi sayyor qabulda muammoyim ijobiy hal etilganidan xursandman. 

Uchrashuv davomida ko‘plab murojaatlar partiyaviy vositalar orqali hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini yuborishga kelishib olindi.

Murod EShNAZAROV

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat

 Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1113
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+