Buxoroda “Yosh fermer”lar taqdirlandi

Buxoroda “Yosh fermer”lar taqdirlandi

Yaqinda Buxoroda “Yosh fermer” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 11 nafar yosh fermer o‘z bilim-salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.

Tanlovda ishtirokchilarning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, yerdan mo‘l hosil olish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari tashkil etish va bu orqali qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, qishloq xo‘jaligiga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni jalb qilgan holda yerning meliorativ holatini yaxshilash borasida qo‘lga kiritgan yutuqlariga alohida e’tibor qaratildi.

– Jami 31,2 maydonning 16,6 gektarida paxta, 10 gektarida g‘alla yetishtiryapmiz, – deydi Shofirkon tumanidagi “Olimjon oq oltini” fermer xo‘jaligi rahbari, tanlov g‘olibi Olim Salimov. – Joriy yil qabul maskanlariga 35 tonna paxta, 28 tonna g‘alla yetkazib berdik. Ko‘p tarmoqli xo‘jaligimizda chorvachilikni rivojlantirishga ham alohida etibor qaratyapmiz. 86 bosh qoramol, 35 bosh sog‘in sigir parvarishlayapmiz. O‘tgan yili 25 bosh naslli buzoq olgan bo‘lsak, bu yil bu ko‘rsatkichni 30 boshga yetkazdik.

Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, Kogon tumanidagi “Oqqosh Bo‘ron Zamini” va G‘ijduvon tumanidagi “Adolat Zamini Yog‘dusi” fermer xo‘jaliklari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga loyiq ko‘rildi.

G‘olib va sovrindorlarga O’zLiDePning diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi, tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanma taqdim etildi.

O‘zLiDeP Buxoro viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1401
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+