O‘zLiDeP deputati moddiy imkoniyati cheklangan oila farzandlarini MTMga joylashtirdi

18.09.2018, 18:15

O‘zLiDeP deputati moddiy imkoniyati cheklangan  oila farzandlarini MTMga joylashtirdi

O‘zLiDeP Qo‘shtepa tuman Kengashi xodimlari va Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Azamjon Siddiqov “Obod qishloq” va “Deputatning bir kuni” dasturlari doirasida “O‘qchi” mahalla fuqorolar yig‘ini aholisi bilan muloqot uyushtirdi. Tashrif chog‘ida “O‘qchi” maxalla fuqarolar yig‘inida yashovchi A.Abduxoliqov farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtira olmayotganini aytdi.

Deputat A.Siddiqov tumanidagi 32-maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lib, A.Abduxoliqov xonadoni sharoiti, ijtimoiy holati haqida tushuntirish ishlarini amalga oshirdi. MTM mudirasi xonadon sharoiti bilan yaqindan tanishgach, kam ta’minlangan oila farzandlari bog‘chaga qabul qilindi.

– Deputatimizdan juda minnatdormiz, – deydi A. Abduxoliqov. – Endi bizning farzandlarimiz ham tengdoshlari qatori bog‘chada tarbiyalanadi. Shu muammomizni hal qilib bergan barcha mutasaddilarga minnatdorchilik bildiramiz.   

Shu kuni bolajonlarga tegishli barcha hujjatlar tayyorlanib, maktabgacha ta’lim muassasasiga topshirildi.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat

Kengashi matbuot bo‘limi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    890
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+