O‘zLiDeP faollari Arnasoyda aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlashda ko‘maklashdi

18.09.2018, 18:20

O‘zLiDeP faollari Arnasoyda aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlashda ko‘maklashdi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi  faollari va mahalliy Kengash deputatlaridan iborat ishchi guruh  a’zolari Arnasoy tuman “Zarafshon”  va “Cho‘lquvor” QFY aholisi bilan uchrashdi.

Aytish joiz, mazkur hududlarda 1128 ta xonadon bo‘lib, ularda 7405 nafar aholi istiqomat qiladi. O‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan 50 dan ortiq murojaat kelib tushdi va ularning 20 tasi joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rov yuborish uchun yozib olindi.  

Xususan, suhbat va muloqotlar davomida ko‘pchilik fuqarolar tomorqalarni sug‘orish uchun suv tanqis ekanidan shikoyat qildi. Ushbu murojaat yuzasidan xalq noibi, partiya deputatlik guruhi a’zosi Rustam O‘taboyev tomonidan tegishli tashkilotga so‘rov yuborildi.

–Tomorqa har bir oila uchun qo‘shimcha daromad manbai hisoblanadi. Biroq, tomorqa maydonlarini sug‘orish uchun suv masalasi juda qiyin, –deydi “Cho‘lquvor” QFYda yashovchi Akmal Baratov. –Xonadonimizda 0,6 sotix tomorqa yer maydoni bor. Lekin suv tanqisligi tufayli yerdan samarali foydalana olmasdik. O‘zLiDeP faollarining sa’y-harakati bilan bu muammoyimiz ham hal etiladigan bo‘ldi. Endi bolalarim bilan birga o‘z xovlimizda dehqonchilik qilamiz.   

Uchrashuvlar davomida, “Har bir oila – tadbirkor” va “Yoshlar- kelajagimiz” dasturlari doirasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqarolarga imtiyozli kreditlar ajratilishi to‘g‘risida ma’lumotlar ham berildi.

Baxodir ABIROV,

O‘zLiDeP Arnasoy

tuman Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1096
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+