Oila mustahkam — jamiyat barqaror

18.09.2018, 18:23

Oila  mustahkam — jamiyat barqaror

O‘zLiDeP Nurobod tuman Kengashi “Oila” markazi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda “Oila – millat iftixori, el-yurt tayanchi, kelajak poydevori” mavzuida davra suhbati tashkil etdi.

Tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish borasida hayotga tatbiq etilayotgan amaliy ishlar yaxshi samara berayotgani ta’kidlandi.

– Oila bizning xalqimizda muqaddas qadriyat sanaladi.Uni asrab-avaylash, komil insonlarni voyaga yetkazish eng avvalo, er-xotinga bog‘liq, – deydi M.Usanova. – Shu bois, bugun yurtimizda oilani mustahkamlash borasida tegishli huquqiy me’yorlar yaratilib, oilalarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash, yoshlarni katta hayotga tayyorlash hamda sog‘lom farzandni voyaga yetkazish masalasiga davlat siyosati darajasida keng e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu kabi tadbirlar ham oila rishtasini bog‘layotgan yoshlarning ertangi taqdiri yanada mustahkam bo‘lishi va ajralishlar sonining kamayishiga muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javob qaytarildi.  

S.RASULOV,

O‘zLiDeP Nurobod tuman

Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    3463
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-09-22 20:54:06

Оила-жамиятнинг бошланғич ячейкаси, жамиятнинг бирламчи бош бўғини, жамият ичида кичик жамият. Агар оила тинч бўлса, оила фаровон бўлса, оила мустаҳкам бўлса, оилада соғлом муҳим ҳукмронлик қилса жамият, давлат тинч, фаровон, мустаҳкам, соҳлом бўлади.


Fikringizni qoldiring

+