O‘zLiDeP yordamida Oqtosh va Guliston MFY aholisiga suyultirilgan gaz ballonlar o‘z vaqtida yetkazib berilyapti

18.09.2018, 18:41

O‘zLiDeP yordamida Oqtosh va Guliston MFY aholisiga suyultirilgan gaz ballonlar o‘z vaqtida yetkazib berilyapti

O‘zLiDeP faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari To‘rqo‘rg‘on tumanidagi Oqtosh va Guliston MFY aholi vakillari bilan uchrashib, hududdagi muammo va takliflarni o‘rganishgan edi. Yuzma-yuz muloqot davomida mahalla ahli ichimlik suvi va elektor ta’minotidagi muammolar bartaraf etilganidan mamnun ekanliklarini bildirishgan, biroq suyultirilgan gaz ta’minotida bir qator kamchiliklar borligi bois partiya faollariga yordam so‘rab murojaat qilishgan edi.

Mazkur masala yuzasidan Xalq deputatlari To‘raqo‘rg‘on tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Samida Karimova “O’ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati hududiy filialiga deputatlik so‘rovi yuborib, ushbu masalani ijobiy hal etishga erishdi.

– Mahallamizda 651 ta xo‘jalik istiqomat qiladi, – deydi Oqtosh MFY raisi Valijon Sattarov. – 102 xo‘jalik ko‘p qavatli uylarda yashab, tabiiy gazdan foydalansa, 549 xonadon suyultirilgan gazdan foydalanadi. Partiya faollari yordami bilan mushkulimiz oson bo‘ldi. Endi tuman gaz ta’minotidan biriktirilgan avtomashina shartnoma asosida bo‘sh gaz ballonlarni olib ketib, shu kunni o‘zidayoq, egalariga to‘ldirilgan holatda yetkazib bermoqda.

O‘zLiDeP deputati sa’y-harakatidan keyin Guliston MFYdagi 32 xonadonga ham suyultirilgan gaz ballonlari o‘z vaqtida yetkazib berilyapti.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan

viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1245
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Х.Тўраев2018-09-19 18:22:51

Депутатларимиз янада фаоллашмоқда


Ф.Қаюмов Навоий вилояти, Учқудуқ тумани "ШКБ ГТР" БПТ раиси2018-09-19 10:01:48

Менимча кийинги вақтларда депутат сўровининг кучи кўпроқ намоён бўлмоқда. Депутат сўровига мутасадди ташкилот раҳбарларининг маъсулият билан ёндашишига эришилмоқда.


Fikringizni qoldiring

+