O‘zLiDeP ko‘magida uchqo‘rg‘onlik 18 nafar yosh ishga joylashdi

18.09.2018, 18:46

O‘zLiDeP ko‘magida uchqo‘rg‘onlik 18 nafar yosh ishga joylashdi

Xabaringiz bor, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning viloyat Kengashi faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Yorqinhayot” MFY aholisi bilan muloqot qilgan edi.

Muloqot chog‘ida shu hududda yashovchi kollej va oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan bir guruh yoshlar ishga joylashish bo‘yicha ishchi guruhdan ko‘mak so‘ragan edilar.

Uchrashuvdan so‘ng, mazkur masala yuzasidan partiya faollari tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda hududdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari o‘rgandi va ushbu masalani ijobiy hal etishga erishdi.

–Joriy yilda Namangan viloyat san’at kollejini “Qashg‘ar rubob” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan edim, lekin o‘z mutaxasisligim bo‘yicha ish topolmayotgandim, – deydi Sardorbek Ergashev. – Shu bois, bu masalada O‘zLiDeP  tuman Kengashiga murojaat qildim. Partiya faollari say’-harakati bilan 19 bolalar musiqa va san’at maktabiga o‘qituvchi bo‘lib ishga joylashdim. Bundan juda hursandman. Endi menga bildirilgan ishonchni oqlab, o‘quvchilarga saboq beraman.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, ishchi guruh ko‘magida tumandagi S.Ergashev kabi 18 nafar yosh 19 bolalar musiqa va san’at maktabiga  ishga joylashdi.

Yulduz YuLDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1102
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмат Тўраев Жиззах вилояти2018-09-19 18:21:34

Ёшлар бандлигини таъминлаш - ЎзЛиДеП асосий мақсадларидан бири


Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-09-19 14:53:55

Ешларимизнинг ишга жойлашишида ва бошкада муоммалари масалаларида партиямизнинг таъсири бу катта куч. Жамиятимизда партиямизнинг урни ва обрусини оширади, шу каби хйарли ишларда партиямиздан сайланган депутатларимизнинг фаоллигини оширишимиз зарур.


Д.Салимова Навоий вилояти, Учқудуқ тумани "Олтин ташкилот" БПТ раиси2018-09-19 09:54:59

Партиямиз фаолларидан иборат ишчи гуруҳларнинг аҳолининг айниқса келажагимиз бўлган ёшларимизнинг муаммоларинини ижобий ҳал қилинишига ўз ҳиссаларини қўшиши партиямиз нуфузини янада оширади. Назаримда халқни дарду ташвиши билан яшаш ўзбекона меҳр ва оқибатдан долалатдир.


Fikringizni qoldiring

+