Ishchi guruh tashrifidan so‘ng tadbirkor muammosi hal bo‘ldi

19.09.2018, 18:06

Ishchi guruh tashrifidan so‘ng tadbirkor muammosi hal bo‘ldi

Muhayyo Isroilova shaxrixonlik qo‘li gul chevarlardan. Atrofida shogirdlari ko‘p. Anchadan buyon kichik trikotaj tsehi tashkil qilish niyatida yurgandi. Maqsadini amalga oshirish uchun yetarli mablag‘i bo‘lmagani sababli, mutasaddilarga imtiyozli kredit olishda murojaat qildi.

Biroq... yugur-yugur, kutishlardan charchab bariga qo‘l siltadi. Ayni shunday vaqtda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda partiya Andijon viloyat Kengashi mas’ullaridan iborat ishchi guruh uning joniga oro kirdi.

Muammosini tinglagan mutasaddilarimiz bunday tashabbusni astoydil qo‘llab quvvatladilar. Zarur hujjatlar qayta tiklanib, “Hamkorbank”ning Shahrixon tuman filialiga topshirildi. Qattiq nazorat qilingan ish natijasi juda tez namoyon bo‘ldi. “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida ajratilgan 9 million so‘mlik imtiyozli kredit evaziga qo‘shimcha tikuv mashinalari xarid qilindi.

–Partiya ko‘magidan juda minnatdorman, – deydi M.Isroilova. – Hozirda mahalladagi vaqtincha ishsiz yurgan 5 nafar qizlarni yonimga olib, ayollarning trikotaj  liboslarini tikib, ichki bozorga taqdim qilyapmiz. Maqsadimga erishishimda katta ko‘mak bergan O‘zLiDeP xodimlaridan, deputatlarimizdan minnatdorman.

Tashrifdan keyin bunday xayrli ishlar ovozasi tobora keng quloch yoymoqda.

O‘zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1113
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-09-20 08:34:01

Жойлардаги ишчи гурухлар тамонидан амалга оширилган сухбатлар учрашувлар уз самарсини курсатмокда. Маколадаги шахрихонлик Муҳайё Исроилова мақсадимга эришишимда катта кўмак берган O‘zLiDeP ходимларидан, депутатларига деган миннатдорчилиги бизни хам кувонтирди. Сабаби шъеримиз биргаликда биз кучмиз!


Холмат Тўраев Жиззах вилояти2018-09-19 18:18:57

ЎзЛиДеП Халқ муаммоларини ечишда давом этмоқда


Fikringizni qoldiring

+