Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat

20.09.2018, 09:22

Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat

O‘zLiDeP Nukus tuman Kengashi "Ayollar qanoti" tomonidan "Farovon oila" loyihasi doirasida "Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat" mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yosh oilalardagi ajrimlarning oldini olish kabi masalalari muhokama qilindi. Davlatimiz rahbarining joriy yilning 2 fevraldagi Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.

– Hech kimga sir emas bugungi kunda ayrim  qizlarimiz turmush sinovlariga chiday olmay, yosh oilalarimiz orasida ajrimlar soni ortib bormaqda, – dedi O‘zLiDeP Nukus tuman Kengashi "Ayollar qanoti" rahbari Z.Abdimuratova. – Jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va oila institutini mustahkamlash maqsadida ko‘plab tashkilotlar bilan hamkorlikda ana shunday tadbirlarni o‘tkazib kelyapmiz.

Tadbir davomida eng faol ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

 Asem Sirimbetova

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

 Respublikasi Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1188
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+