Qulay ishbilarmonlik muhiti tadbirkorlarimiz safini kengaytirmoqda

20.09.2018, 10:05

Qulay ishbilarmonlik muhiti  tadbirkorlarimiz safini kengaytirmoqda

Xotin-qizlarning tadbirkorlik va ishbilarmonlik qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida O‘zLiDeP Pastdarg‘om tuman Kengashi tomonidan “Beka Charos” xususiy korxonasida “Mustaqil yurtning mustaqil tadbirkori” mavzusida amaliy muloqot bo‘lib o‘tdi.    

-Tadbirkorlar faoliyatini tartibga solish, ularga keng imkoniyat, kafolat va imtiyozlar yaratish maqsadida o‘nlab qonun va Prezidentimizning Farmon hamda qarorlari qabul qilindi, – deydi Pastdarg‘om tumani  «Beka Charos» xususiy korxonasi rahbari Gulbeka  Qo‘chqarova. – Ushbu huquqiy hujjatlar asosida tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatga olishning soddalashtirilgan tartibi joriy etildi. Ular faoliyatini faqat soliq organlari tekshirishi, tadbirkorlarga nisbatan har qanday sanksiyalar faqat sud qaroriga binoan qo‘llanishi belgilandi. Hisobot taqdim etishning barcha shakllari va turlari keskin qisqartirildi. Ana shunday qulay sharoitlar tufayli nafaqat tadirkorlarimiz soni, balki ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi ham ko‘paymoqda.

Tadbirda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda va bozor iqtisodiyotiga o‘tishda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ularni rivojlantirish maqsadida qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.

Marhabo Cho‘liyeva,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1357
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+