Din va dunyoviy ilmning yetukligi – inson ma’naviyatining kamolotidir

20.09.2018, 10:12

Din va dunyoviy ilmning yetukligi – inson ma’naviyatining kamolotidir

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tomonidan Urganch shahridagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ana shunday nomlandi.  

Qayd etilganidek, bugungi globallashuv jarayonida tinchlikni asrash, barqaror rivojlanishni ta’minlash insoniyat oldidagi mas’uliyatli vazifalardan biridir. Zero, tinchlik-osoyishtalik yo‘q joyda farovon turmush, taraqqiyot haqida o‘ylab ham bo‘lmaydi.

–Yoshlarni o‘z hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lishlarini ta’minlash, ularda sog‘lom g‘oya, sog‘lom mafkuraviy immunitetni shakllantirish, turli yot g‘oyalar qurshoviga tushib qolmasliklari uchun jaholatga qarshi ma’rifat bilan tarbiyalash har birimizning burchimiz, – deydi O‘zLiDeP faoli, maktab direktori Sayyora Yusupova. – Bugun aynan partiya xodimlari, deputatlar bilan hamkorlikda har bir yoshni bilimli, e’tiborli va mas’uliyatli bo‘lishi, ertangi kuniga ishonch bilan harakat qilishi, yoshlarga yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanishlari lozimligi haqida suhbatlashdik.

Tadbirda xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga tahdid solishga harakat qilayotgan mazkur oqimlarning ta’siriga tushib qolmaslik uchun yoshlar bilan o‘tkazilayotgan bu kabi uchrashuvlar albatta o‘z samarasini berishi ta’kidlandi.  

Nilufar DJABBAROVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1494
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-09-21 11:54:31

Жамиятимизда келажагимиз булмиш ёшларни ўз ҳаётий позицияга эга бўлишларини таъминлаш, уларда соғлом ғоя, соғлом мафкуравий иммунитетни шакллантириш, турли ёт ғоялар қуршовига тушиб қолмасликлари учун жаҳолатга қарши маърифат билан тарбиялаш ҳар биримизнинг бурчимиз эканлиги бу хакикат. Хар бир болага етти махалла ота она булиши лозим. Хамма жавобгарчилини хис килсак албатта комил, билимдон ва албатта ватанни севадиган инсонларни тарбиялаб вояга етказган буламиз


Fikringizni qoldiring

+