Muammolar quyi bo‘g‘inlar bilan hamkorlikda hal etiladi

20.09.2018, 10:17

Muammolar quyi bo‘g‘inlar bilan hamkorlikda hal etiladi

Navbahor tuman iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida partiya faoliyatini takomillashtirish maqsadida “Boshlang‘ich partiya tashkilotlari tomonidan joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa muammolarni o‘rganish hamda partiyaviy vositalar orqali ularni hal etish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida quyi bo‘g‘inlar orqali aholini o‘ylantirayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa muammolarni o‘rganish hamda ularni partiyaviy vositalar orqali hal etish yo‘llari to‘g‘risida gapirib o‘tildi. Shuningdek, aholi oldidagi mavjud muammolarni yechish, partiya a’zolari safini kengaytirish, O’zLiDeP saylovoldi Dasturining ustuvor vazifalarini amalga oshirish to‘g‘risida so‘z bordi.  

Davra suhbatida “Yagona darcha”, “O‘zbekiston”, “Istiqlol”, “Madaniyat va sport” qoshida tuzilgan quyi bo‘g‘in yetakchilari BPTlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berishdi.

Tadbir ishtirokchilarining fikrlari o‘rganilib, muammo va takliflar  o‘rtaga tashlandi. Ularni o‘ylantirayotgan muammoli masalalarga mutasaddi tashkilot xodimlari va BPT raislari, tadbir tashkilotchilari tomonidan tegishli javoblar va ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir yakunida O‘zLiDeP Navbahor tuman Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari va tumandagi BPT raislari birgalikda aholini o‘ylantirayotgan dolzarb muammolarga yechim topishga kelishib olishdi.

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1065
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-09-20 14:16:15

Партиянинг таянч бўғинлари бу бошланғич партия ташкилотлари ҳисобланади. Қуйи бўғинлар фаолиятини жонлантириш, аҳолининг муаммоларига депутатлар билан ҳамкорликда партиявий воситалар орқали ижобий ечим топиш сафимизнинг янада кенгайишига сабаб бўлади.


Fikringizni qoldiring

+