Jizzaxlik deputatlarimiz EIZ direktori hisobotidan qoniqdi

20.09.2018, 17:04

Jizzaxlik deputatlarimiz EIZ direktori hisobotidan qoniqdi

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda deputatlar Jizzax Erkin Iqtisodiy Zonasi direktori Mo‘min Zoirovning hisobotini eshitdi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, EIZ uchun Jizzax shahridan 363,7 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, joriy yilning 1 sentabr holatiga “Jizzax” EIZ hududida qiymati 105,7 mln. dollar bo‘lgan 16 ta loyiha amalga oshirilgan. Shundan korxonaning o‘z mablag‘lari 36,1 mln. dollar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya 54,4 mln. dollar, bank kreditlari 15,2 mln. dollarni tashkil etadi.  

–Shuningdek, 2019-2020 yillarda amalga oshirilishi kutilayotgan umumiy qiymati 251,2 mln. dollar bo‘lgan 11ta loyiha bo‘yicha potensial investorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda, – deydi EIZ direktori Mo‘min Zoirov. – Ushbu loyihalar doirasida 820 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Yig‘ilishda hisobot yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan partiya deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

Saida UMARALIYEVA,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1069
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+