To‘raqo‘rg‘onda O‘zLiDeP safi 22 nafarga ko‘paydi

21.09.2018, 15:12

To‘raqo‘rg‘onda O‘zLiDeP safi 22 nafarga  ko‘paydi

O‘zLiDeP To‘raqo‘rg‘on tuman Kengashi tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi qoshida faoliyat yuritayotgan quyi tuzilmada “Aholi salomatligini yanada yaxshilashda xususiy tibbiyot tashkilotlarining o‘rni” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlar salomatligini mustahkamalash, bu yo‘nalishda xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yuksak samara berayotgani ta’kidlandi.

–Xalqimiz salomatligi biz shifokorlar qo‘lida, – deydi malakali shifokor Dilafro‘z Ortiqova. –Endilikda davolanish uchun Toshkentga yoki viloyat markaziga borishga xojat yo‘q. Boisi, ayni chog‘da tumanimizda 5 ta xususiy tibbiyot muassasasi faoliyat yurityapti.

Tadbirda so‘z olgan O‘zLiDeP faollari xususiy tibbiyot tashkilotlari va tibbiyot xizmatini yanada yaxshilash, bu borada elektorat vakillariga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida partiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdilar.

Tadbir so‘nggida 22 nafar tibbiyot xodimlari partiya a’zoligiga qabul qilindi.

Yulduz YuLDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1351
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани ижрочи котиб2018-09-21 16:32:11

Партиямизнинг сафи қанчалик кўпайса сиёсий куч сифатида партиямиз мақсадларини ва вазифаларини шунчалик кучлироқ амалга ошириш имконига эга бўламиз. Тўрақўрғон туманида партиямиз сафига яна 22 нафар тарафторларимиз қўшилганидан жуда хурсандмиз. Сафимиз бунданда кўпаяверсин.


Fikringizni qoldiring

+