O‘zLiDeP deputati ko‘magida N.Djapakova uyli bo‘ldi

21.09.2018, 15:55

O‘zLiDeP deputati ko‘magida N.Djapakova uyli bo‘ldi

Xalq bilan muloqot qilish, aholi muammolariga yechim izlash faqat rahbarlar yoki davlat idoralari vakillarigagina daxldor vazifa emas. Bu masalada siyosiy partiyalar, ayniqsa, deputatlar zimmasiga ham katta vazifalar yuklanadi.

Shu bois, xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Z.Seydullayeva muntazam ravishda joylarga tushib, aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar qilib keladi. E’tiborlisi, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlarga imkon qadar tezroq yechim topadi.

Masalan, yaqinda deputatga Qo‘ng‘irot tumani “Qangli” OFYda yashovchi N.Djapakova 4 nafar farzandi bilan og‘ir sharoitda yashayotganini aytib, uy-joy bilan ta’minlashda ko‘mak so‘ragan edi.

Murojaatni atroflicha o‘rgangan deputat mazkur masala yuzasidan tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga so‘rov yubordi.

Natijada tuman xotin-qizlar qo‘mitasi hamkor tashklotlar bilan mazkur masalani o‘rganib chiqib, N.Djapakovaga Prezidentimiz tomonidan kam ta’minlangan oilalar uchun bepul qurib berilayotgan uylardan birini ajratilishini ma’lum qildi.

Ha, deputat xalq manfaatlarini ko‘zlab faoliyat olib borishi bugunning dolzarb talabidir. Zero, bu ezgu harakat zamirida islohotlar samaradorligi, turmush farovonligi, yurt ravnaqi mujassam.

Asem SIRIMBETOVA,

 O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi  xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1007
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани ижрочи котиб2018-09-21 16:27:01

Депутатларимизнинг жойларда аҳоли билан мулоқот қилиб уларни қийнаётган муаммолар юзасидан тегишли ташкилотларга ва мутасаддиларга депутатлик сўровларини юборилиши кўп муаммоларнинг ижобий ечимига сабаб бўлмоқда. Депутатлар бугун ўз фаолиятини тафтиш қилиб Ҳурматли Президентимиз таъкидлаганидек ҳақиқий халқ ноиблари бўлиб хизмат қилмоқда.


Fikringizni qoldiring

+