15 nafar qoraqalpog‘istonlik yoshlar O‘zLiDeP kadrlar zaxirasiga olindi

21.09.2018, 16:52

15 nafar qoraqalpog‘istonlik yoshlar O‘zLiDeP kadrlar zaxirasiga olindi

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Kengashi siyosiy ta’lim markazi Nukus shahrida  partiya faollarining bilim va malakalarini yanada oshirish, ular orasidan targ‘ibotchi yosh liderlarni tayyorlash maqsadida “Liderlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish” mavzusida seminar trening tashkil etdi.

Seminarda  partiyaning  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Kengashi vakillari, Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashi deputatlari, quyi bo‘g‘in yetakchilari,  kadrlar zaxirasiga olingan partiya faollari va OAV vakillari qatnashdi.

– Tadbirda yoshlarga qanday qilib deputatlikka saylanish mumkinligi  va deputat bo‘lib saylangandan keyin qanday vazifalarni bajarish kerakligi haqida batafsil malumot berildi, – deydi partiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi apparat rahbari Sh.O‘temisov. – Maqsad kelajakda deputat bo‘lishni niyat qilgan yoshlarning siyosiy bilimini oshirishga ko‘maklashish,  ularda liderlik qobiliyatini shakllantirishdan iborat.

Tadbir davomida Qoraqalpoq davlat universiteti dotsenti Nargiza Sagindikova omma oldida nutq so‘zlash madaniyati va insonning o‘ziga  bo‘lgan  ishonchini  rivojlantirish maqsadida interaktiv metodlardan foydalangan holda mahorat darsi o‘tdi.  

Tadbir yakunida 15 nafar faol yoshlar liderlik qobiliyati bo‘yicha O‘zLiDeP kadrlar zaxirasiga olindi. 

A.Umirbekov,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi faoli

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1357
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгшаи ижрочи котиб 2018-09-21 17:01:33

Маколадан куриниб турагнидек партия фаоллари учун укув семинарларни мунтазаам равишда ташкиллаштириш электораимизнинг сиёсий ва хукукий саводхонлигини оширишда асос булари сузсиз. Катнашчилар уз ора фикр ва тажриба олмашади. Бу эса келгуси ишлар саморадорлигин мустахкамлайди. Барча софдошларимизга куч кувват тилаймиз


Fikringizni qoldiring

+