O‘zLiDeP targ‘ibotchilari malaka oshirmoqda

22.09.2018, 15:48

O‘zLiDeP targ‘ibotchilari malaka oshirmoqda

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining dasturiy maqsad-vazifalarini targ‘ib qilish maqsadida joylarda targ‘ibotchilar (liderlar) guruhi shakllantirildi. Ayni paytda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi huzuridagi Siyosiy ta’lim  markazi tomonidan mazkur guruh a’zolari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.

Ana shunday o‘quvlardan biri Toshkent davlat agrar universitetida  bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbari tomonidan ko‘p partiyaviylik tizimni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilayotgan e’tibor samarasida siyosiy partiyalarning davlat ahamiyatidagi muhim masalalarni hal etishdagi o‘rni ortib bormoqda.

O‘zLiDeP ham bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirishning eng muhim muammolarini hal qilishda tashabbuskor bo‘lish va faol ishtirok etish, mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, tadbirkorlik erkinligining amaliy kafolatlarini ta’minlash, haqiqiy mulkdorlar qatlamini shakllantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, tadbirkorlik sub’ektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu jaryonda bugungi kunning o‘tkir talablariga javob beradigan, siyosiy jihatdan yetuk bilim va salohiyatga ega partiya xodimlarini tayyorlash muhim vazifa sifatida belgilab olingan. Mazkur o‘quv-seminar ana shu vazifalar ijrosiga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qabul qilingan “Obod qishloq” va “Obod mahalla”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturlari ijrosini ta’minlashda O‘zLiDePning asosiy vazifalari xususida so‘z yuritishdi. Siyosiy partiyalarning maqsad va vazifalari, liberal-demokratik  partiyalarning rivojlanish tendensiyasi, siyosiy partiya a’zolarining liderlik sifatlari va yetakchilik qobiliyatlari kabi mavzularda tinglovchilarga zarur bilim va tushunchalar berildi.

O‘quv seminar davomida targ‘ibotchilar guruhi vakillari guruhlarga bo‘lingan holda joylarda uchrashuvlar hamda sayyor qabullarni yangicha shakl va usullarda tashkil qilish, elektorat vakillari, BPTlar bilan ishlash va onlayn muloqotlar tashkil qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib borishdi. Shuningdek, siyosiy tadbirlarni OAVda yoritishning asosiy jihatlari va ustuvor qoidalari bo‘yicha maqolalar yozish, partiya faollarining ijtimoiy tarmoqlar, “Facebook”, “Telegram” va boshqa mesenjerlardan foydalanish orqali partiyaviy loyihalarni ommalashtirishga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

O‘quv-seminar yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan hamkorlikdagi vazifalar belgilab olindi.

 O‘zLiDeP Toshkent viloyati

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    899
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+