O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan boyovutlik yoshlar uchun seminar tashkil etdi

22.09.2018, 15:55

 O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan boyovutlik yoshlar uchun seminar tashkil etdi

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi tomonidan Boyovut yengil sanoat va agroservis kasb-hunar kollejida “Yoshlar tadbirkorligi – kelajak poydevori” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi, Xalq banki tuman filiali, tajribali tadbirkorlar, tumandagi “Yoshlar – kelajagimiz” jarg‘armasi, kollej o‘qituvchi va o‘quvchilari hamda OAV vakillari ishtirok etgan mazkur tadbirda tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan bitiruvchilarga biznes-reja tuzish, tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish, kredit ajratish, soliq to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar, tadbirkorlik sohasi bo‘yicha xuquqiy maslahatlar berish, tadbirkorlik faoliyatida uchraydigan muammolarni bartaraf etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni yoshlar tadbirkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni biznes bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish, ish o‘rinlari yaratish va yoshlar bandligini ta’minlashda yangi bosqichni boshlab berdi.

Tadbirda so‘z olganlar ta’kidlaganidek, bugun sohada olib borilayotgan qator islohotlar, keng ko‘lamli sa’y-harakatlar zamirida ham yoshlarga  ko‘rsatilayotgan, yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikka guvoh bo‘lamiz. Zero, yoshlar – mamlakat taqdirini, uning ertangi kelajagini hal qiluvchi asosiy kuchdir.

Tadbir yakunida R.Ortiboyev, X.Fayzullayevalar tadbirkorlik sohasiga oid o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Yig‘ilishda o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Husan Jabborov,

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

yoshlar bilan ishdash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1215
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+